«Tashabbusli budjet» jarayonining 2024 yilgi II mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda:
- Loyihalar kiritish: 6 − 26 iyul;
- Loyihalarni saralash: 26 iyul – 15 avgust;
- Targ‘ibot qilish: 15 avgust – 22 avgust;
- Ovoz berish: 22 avgust – 1 sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, «Tashabbusli budjet»ning 2024 yil birinchi mavsumiga 3,39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgandi.