Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hatras okrugidagi diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi jarohat olgan. Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etgan.
Fojia Phulrai Mughal Garhi qishlog‘ida sodir bo‘lgan. U yerda 250 mingga yaqin odam voiz Bhole Babani tinglash uchun to‘plangan. Shifokorlarning agentlikka aytishicha, o‘limlarning aksariyatiga bo‘g‘ilish sabab bo‘lgan. Qurbonlar orasida 112 ayol va yetti bola bor.