Andijon viloyat prokurori “Hududgazta’minot”ga rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston 08:07 / 04.07.2024 17377

“Hududgazta’minot” AJ rahbari o‘zgardi. Xo‘jayev Marufxon Maqsudovich jamiyatning boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Marufxon Xo‘jayev 2023 yilning avgust oyidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

“Hududgazta’minot” AJda boshqaruv raisi sifatida bugungacha Bahodir Eshmurodov ishlagan. U 2019 yildan beri ushbu lavozimda edi. 2002 yildan beri gaz sohasida mehnat qilib kelayotgan Eshmurodov texnika fanlari doktori hisoblanadi.

Bahodir Eshmurodov
Ko‘proq yangiliklar: