Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UNG Petro va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi qanchaga sotilgan?
“O‘zbekneftgaz”ning benzin shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 453 mlrd so‘mga sotilgan bo‘lishi mumkin. 2023 yilning noyabr oyida tuzilgan bitim asosida, aktivlar “Petroleum Technology Group” MChJ egaligiga o‘tgan.

“UNG Petro” MChJ 70 dan ortiq AYoQShga egalik qiladi. / Foto: Kun.uz
UNG Petro benzin shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 2023 yilning noyabr oyida 453 mlrd so‘mga (yoki 519 mlrd so‘m) sotilgan bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumot “O‘zbekneftgaz”ning xalqaro standartlar asosidagi hisobotida keltirib o‘tilgan.
“Moliyaviy hisobotga ko‘ra, jami balans bo‘yicha 547 mlrd so‘mlik ikki aktivning sof balans qiymati begonalashtirish paytida 259 mlrd so‘mni tashkil etgan. “O‘zbekneftegaz” mazkur sxemadan 194 mlrd so‘mlik nooperatsion daromad qayd etgan.
Demak, UNG Petro zapravkalar tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi, agar QQS to‘lanmagan bo‘lsa, 453 mlrd so‘mga sotilgan (puli to‘liq to‘langan yo to‘lanmagani noma’lum). Hisobot izohiga ko‘ra, ayni sxema bo‘yicha nooperatsion daromad 260 mlrd so‘m deb tan olingan”, – deya yozdi iqtisodchi Otabek Bakirov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “O‘zbekneftegaz” o‘zining alohida moliyaviy hisobotida yuqoridagi aktivlarni sotishdan 152,18 mlrd so‘m nooperatsion daromad olinganini qayd etgan.
“Bu tan olingan daromad bitimning jami summasiga oidmi yoki kelib tushgan bir qism qiymatgami, bir narsa deyish qiyin.
UNG Petro zapravkalar tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi bo‘lib to‘lash shartlarda sotilgan bo‘lishi ehtimoli ham mavjud (garchi o‘ta muhim fakt bo‘lsa-da, auditor bu borada sukut saqlagan). Konsolidatsiyalashgan hisobotdayam bunga aniqlik kiritilmagan.
Bitim qiymati tiyinigacha aniq qanchaligini yana taxmin qilish mumkin xolos”, – deya xulosa qiladi Otabek Bakirov.
Eslatib o‘tamiz, mazkur aktivlar “Petroleum Technology Group” MChJ egaligiga o‘tgandi. Bu MChJga sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilov egalik qiladi.
Bu xususiylashtirish jarayonlari haqida hozirga qadar rasmiy izoh berilmagan.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan investitsiya dasturida “O‘zbekneftgaz”ga tegishli Chinoz neftni qayta ishlash zavodi, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va neft konlaridagi uskunalarni sotish ko‘zda tutilgan, bu uchta aktiv jami 70 mln dollarga baholangandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi

15:33 / 03.06.2025