Toshkentda avtobus haydovchilari ko‘proq qanday qoidabuzarliklar sodir qilayotgani ochiqlandi
“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, 2024 yilning o‘tgan 2-choragida jami avtobus haydovchilari tomonidan sodir etilgan 1392 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Foto: Toshshahartransxizmat
Toshkentda avtobus haydovchilari joriy yilning o‘tgan 2-choragida eng ko‘p qanday qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygani haqida ma’lum qilindi.
“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, ayrim avtobus haydovchilari tomonidan yo‘nalish davomida bir qator qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etilmoqda.
2024 yilning o‘tgan 2-choragida jami 1392 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, ulardan:
- 955 tasi uyali aloqa vositasidan foydalanish;
- 258 tasi tamaki mahsulotini iste’mol qilish;
- 179 tasi nazorat uchun mo‘ljallangan kuzatuv kameralariga qasddan ziyon yetkazish kabi qo‘pol qoidabuzarliklardir.
Mavzuga oid

10:02 / 01.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

18:22 / 27.02.2025
Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi

16:25 / 27.02.2025
Toshkent viloyatining 7 ta shahriga 170 ta avtobus xarid qilinadi

13:10 / 27.02.2025