Ukrainadagi urushning 860-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Viktor Orban urush boshlanganidan buyon ilk bor Ukrainaga keldi. U Volodimir Zelenskiyga tinchlik muzokaralarini boshlash uchun o‘t ochishni to‘xtatish haqida o‘ylab ko‘rishni taklif etgan.
Anneksiya qilingan LXR rahbari Leonid Pasechnik Ukrainada sirtdan 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Niderlandiya F-16 qiruvchilarini Ukrainaga eksport qilishga litsenziya berdi.
Rossiya mudofaa vazirligi Mirgorodda ukrainlarning beshta Su-27 qiruvchisi yo‘q qilingani haqida xabar qildi. Ukraina qurolli kuchlari hujum faktini tasdiqlagan, ammo yo‘qotishlar «umuman aytilayotganidek emasligi»ni bildirgan.
Rossiya sudi Aleksandr Nevzorov va uning rafiqasini «ekstremistik birlashma» deb atadi.
Viktor Orban Kiyevda
Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari yetakchilari Kiyevga tashrif buyurgandi, ammo ushbu davlat qo‘shnilaridan biri bo‘lgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban emas. Shu bilan birga, Orban urush davrida RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan kam sonli davlat rahbarlaridan biridir. 2 iyul kuni Orban baribir Kiyevga keldi. U Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, muzokaralar davomida, Orbanning o‘zi aytishicha, u o‘t ochishni hozirgi vaqtdagi tutashuv chizig‘ida to‘xtatishni taklif qilgan. Zelenskiy Orbanning taklifiga munosabat bildirmagan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkvaning aytishicha, Zelenskiy Orbanga o‘t ochishni to‘xtatish kabi jarayonlar Ukraina tomonidan tashabbus qilingan tinchlik sammitidan alohida holda ko‘rib chiqilmasligini tushuntirgan.
Xarkiv oblastidagi oldingi chiziqda joylashgan ukrain askarlari
Rossiya qo‘shini may oyida Xarkiv oblastining chegaradosh rayonlarida yurish boshlagandi. Iyun oyi oxiriga kelib Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Xarkiv atrofidagi yurishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi, ammo frontning boshqa uchastkalarida RF qo‘shinini tiyib turishning imkoni bo‘lmayapti. Ukrainalik fotograf Konstantin Liberov to‘g‘ridan to‘g‘ri tutashuv chizig‘ida joylashgan 3-alohida shturm brigadasi pozitsiyasiga bordi. Quyida muallifning o‘z izohi bilan keltirilgan fotosuratlar.
Toretskdagi hayot
Rossiya qo‘shini Donetsk oblasti Baxmut rayonida joylashgan Toretsk shahri tomon yurish qilmoqda. Iyun oyi oxirida RF qurolli kuchlari Toretsk va unga qo‘shni Nyu York posyolkasiga janubdan — Horlivka tomondan hujum qilgan. Avdiyivkadan shimolga qarab yurish qilayotgan qo‘shinlar ushbu shaharni janubi-g‘arbdan o‘rab olishga urinmoqda.
Rossiyalik askarlarning jasadlari identifikatsiya qilinishi
Janglar bo‘lib o‘tgan joylarda ikki tomondan ham qurbonlarning jasadlari qoldiqlari qolmoqda. Qurbonlarning jasadlarini eksgumatsiya va shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha ishlar bilan boshqa guruhlar qatori Ukrainaning «Qora lola» qidiruv guruhi ham shug‘ullanmoqda. Quyidagi fotolarda guruhning Donetsk oblasti Baxmut shahri atrofidagi faoliyati aks etgan.