Belarus Harbiy havo kuchlari, maxsus bo‘linmalar va Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina chegarasi yaqiniga to‘planmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus mustaqilligi kuni bayramidagi chiqishida aytdi.
Lukashenkoga ko‘ra, Belarus chegara yaqiniga «Polonez» va «Iskander» raketa tizimlarini olib kelgan. Uning iddao qilishicha, bunga Ukraina Belarus chegarasida faollashib qolgani sabab bo‘lgan.
«Hech qanday eskalatsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz, hech qanday keskinlikka ham. Ukraina rahbariyati buni eshitishi kerak. Ukrainlardan olov bilan o‘ynashmaslikni so‘rayman, bu xavfli ish», degan Lukashenko.