2024 yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 foizga oshgan.
Joriy yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni quyidagicha:
- Hindiston — 2241 nafar;
- Turkmaniston — 1937 nafar;
- Tojikiston — 950 nafar;
- Qirg‘iziston — 450 nafar;
- Pokiston — 273 nafar;
- Janubiy Koreya — 266 nafar;
- Xitoy — 266 nafar;
- Afg‘oniston — 147 nafar;
- AQSh — 132 nafar;
- Qozog‘iston — 122 nafar;
- Boshqa davlatlar — 618 nafar.