Rossiyada so‘nggi 130 yil ichidagi harorat rekordlari yangilanmoqda

Jahon 22:38 / 02.07.2024 9751

Sinoptikning ma’lumotlariga ko‘ra, 2 iyul kuni Rossiya poytaxtida antitsiklonlik va quruq havo hukmron bo‘ldi va havo harorati +30...+33 darajaga ko‘trilgan.

«Yozning eng tik quyoshli kunlari uchun ham bu iqlim normasidan qariyb 10 daraja yuqori anomal jazirama hisobanadi», — degan mutaxassis.

Moskvada avvalgi ob-havo rekordi — +31,9 daraja 1890 yilda qayd etilgan ekan. «Ya’ni, 2 iyul kuni bunday issiq bo‘lmaganiga 134 yil bo‘libdi», — degan Tishkovets:

Meteorolog keyingi ikki kunda ham yangi harorat rekordlari qayd etilishini anons qildi: 3 iyul kuni +31…+33 (rekord +32,2 — 1917 yil), 4 iyulya +32…+34 (rekord +33,7 — 1938 yil.) daraja issiq kutilmoqda. Dam olish kunlariga borib Moskvada harorat tusha boshlaydi va yilning shu faslina xos ko‘rsatkichlarga qaytadi —+25…+28.

Moskvada anomal issiq harorat hukmron bo‘lishi haqida iyun oyi oxirlarida Rosgidrometsentr rahbari Roman Vilfand ham ogohlantirgan edi. Sinoptikning so‘zlariga ko‘ra, anomal jazirmaning hukmron bo‘lishichaga sabab — bulutlar hosil bo‘lishiga monelik qilgan yuqori bosim tojining joylashishi, shuningdek, Quyoshning faolligi bilan ham bog‘liq.

Harorat rekordi nafaqat Moskva shahrida, butun Rossiyada kuzatilmoqda. Tishkovetsning ma’lumotlariga ko‘ra, 2 iyul kuni termometr ustunlari 20 dan ortiq hududlarda «butun meteotarixda uchun kuzatilmagan» darajalargacha ko‘tarilgan. Ayrim hududlarda jazirama o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqargan. Masalan Saxa-Yoqutistonda yong‘in 750 ming gektar maydonni egallab olgan. Taqqoslash uchun: Moskva shahrining hududi 2012 yilda Moskva oblastidan qo‘shib olingan hududlab bilan hisoblanganda 256 ming gektarga teng. Tuvada 1 iyulda o‘rmon yong‘inlari maydoni 1800 gektargacha kengaygan. Har ikki hududda favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: