OAV: Isroil «Hizbulloh»ga qarshi operatsiyani iyulning ikkinchi yarmida boshlaydi

Jahon 11:10 / 02.07.2024 7530

Germaniya va Saudiya Arabistoni Livanda vaziyat ehtimolli og‘irlashishi tufayzi o‘z fuqarolarini ushbu mamlakatni tark etishga chaqirdi. Isroil OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, TsAHAL Livan bilan chegarada guruhlashuvni kuchaytirgan, askarlar tog‘ va shahar sharoitda urush olib borishni mashq qilishmoqda.

«Misgav» milliy xavfsizlik va sionistik strategiya instituti tahlilchisi Ashar Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat tezda avj olishi mumkin, masalaning diplomatik yechimlari esa yaqin ikki yil ichida qurolli mojaro yuz berishini inkor etmaydi, bu esa «Hizbulloh»ga yaxshiroq tayyorlanib olish imkonini beradi. Fridmanning taxminiga ko‘ra, Isroil guruhga qarshi urushni boshlashi mumkin, lekin bu «Hizbulloh»ni qo‘llab-quvvatlayotgan Eron bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv keltirib chiqarishi xavfini ko‘rsatadi.

Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, Eron o‘zining yadroviy salohiyatini takomillashtirishga urinayotganini ifodalovchi alternativ ssenariy ham bor. Bu holatda AQSh Eronga va uning proksi kuchlariga zarbani qo‘llab-quvvatlaydi.

«Eron o‘zining qo‘g‘irchoq tashkilotlariga Isroilga hujum qilishni buyurishi mumkin, bu esa mintaqada katta urush keltirib chiqarishi mumkin», degan yahudiy ekspert.

O‘tgan yilning oxirida Pentagon rahbari Lloyd Ostin Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallantni «Hizbulloh» bilan total urush keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochishga chaqirgan edi. AQSh ma’muriyati Isroil «Hizbulloh»ni faol harakatlarga provokatsiya qilishi va Livanda «yanada keng qamrovli urush uchun bahona yaratishi» mumkinligidan tashvishda, degan Axios portaliga amerikalik manba.

«Hizbulloh» harakati Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan buyon Isroil hududiga zarbalar uyushtirib kelmoqda. Isroil armiyasi (TsAHAL) bu otishmalarga javoban Livan guruhining pozitsiyalariga aviatsiya va artilleriya vositasida zarba berib keladi. «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh esa Isroilga «qoidalarsiz va chegaralarsiz urush» bilan tahdid qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: