Ukrainadagi urushning 858-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Rossiya qo‘shini Xarkivga aviabomba tashladi. Bir kishi halok bo‘lib, yana to‘qqiz kishi jarohatlangan.
RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi Novooleksandrivka va Spirne qishloqlari egallanganini ma’lum qildi.
Rossiya qo‘shini Zaporijjya oblastining Volnyansk shahriga raketa zarbasi yo‘lladi. Yetti kishi halok bo‘lib, 38 kishi jarohatlangan. Shaharda motam e’lon qilingan.
Leningrad qamalini boshdan kechirgan, urushga qarshi chiqqan 88 yoshli Lyudmila Vasileva Peterburg gubernatorligi uchun o‘z nomzodini ko‘rsatishga kerakli miqdorda imzo yig‘a olmadi.
RF mudofaa vazirligi tunda Rossiyaning oltita regioniga 30 dan ortiq dronlar hujum qilgani haqida xabar berdi. Lipetskda sanoat zonasi zarba ostida qolgan.
Rossiya qo‘shini Kiyev bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. 14 qavatli turar joy binosi shikastlangan.
Chasiv Yar atrofidagi ukrain harbiylari
Rossiya qo‘shini qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada himoya qilayotgan Chasiv Yar tomon yurish qilishda davom etmoqda.
Xarkiv bo‘ylab aviazarba oqibatlari
RF qo‘shini 30 iyun kuni Xarkivdagi «Novaya pochta» terminaliga FAB-500 aviabombasi tashladi.
Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatlari
30 iyun kuni kechqurun Rossiya qo‘shini Kiyev bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Ukraina poytaxtining Obolon rayonida 14 qavatli turar joy binosi shikastlangan.