Dollar qadrsizlandi, Bitcoin arzonlashishda davom etyapti – xalqaro moliya bozori sharhi

Iqtisodiyot 14:18 / 30.06.2024 10522

Joriy hafta ham bozorlar uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, birinchi chorakda AQSh iqtisodiyoti kichik bo‘lsa-da, o‘sish sur’atini qayd etdi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishi prognozga nisbatan 0,1 foiz balandroq bo‘lib, 1,4 foizni tashkil etdi. Inflatsiya ko‘rsatkichini kuzatib boruvchi indekslardan biri Shaxsiy iste’mol xarajatlari indeksi ham so‘nggi oy qoniqarli natija taqdim etib, ekspertlar prognoz qilganidek 2,6 foiz bo‘lgan. Bu ma’lumotlar AQSh fond indekslarining o‘sishiga olib keldi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 24 iyundan 28 iyungacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.      

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5460 (hafta boshidan -0,08 foiz, yil boshidan +14,48 foiz);
  • NASDAQ – 19682 (hafta boshidan -0,09 foiz, yil boshidan +16,98 foiz);
  • DJI – 39118 (hafta boshidan -0,08 foiz, yil boshidan +3,79

foiz).

AQSh fond indekslari navbatdagi haftani turli yaxshi xabar va yangiliklar chiqishiga qaramay, qizil zonada yopdi. Xususan, Dow Jones indeksi 31 punktga, NASDAQ 18 punktga va S&P500 4 punktga pasaydi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2325 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +0,17 foiz, yil boshidan +12,76 foiz;
  • Kumush – 29,1 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -1,37 foiz, yil boshidan +22,7 foiz;
  • Alyuminiy – 2493 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan +0,26 foiz, yil boshidan +4,71 foiz:
  • Mis – 4,37 dollar (1 funti) hafta boshidan -1,04 foiz, yil boshidan +12,2 foiz.

Qimmatbaho metallar ham tebranuvchan haftani boshdan kechirdi. Oltin va alyuminiy mos ravishda 4 dollar va 7 dollarga oshdi, kumush va mis 40 va 4 sentga arzonlashdi.

Neft

  • WTI – 81,44 dollar(hafta boshidan +1,14 foiz, yil boshidan +14,23 foiz);
  • BRENT – 84,86 dollar(hafta boshidan -0,18 foiz, yil boshidan +10,15 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 91 sentga qimmatlashdi, BRENT esa 15 sentga arzonlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR:  +0,19 foiz (yil boshidan -2, 96 foiz);
  • CNY/USD:   +0,08 foiz (yil boshidan +2,39 foiz);
  • TRY/USD:  -0,55 foiz (yil boshidan +10,78 foiz);
  • UZS/USD:   -0,53 foiz (yil boshidan +2,05 foiz);
  • RUB/USD:  -3,73 foiz (yil boshidan -4,03 foiz).

Valutalar bozorida dollar tebranish alomatlarini ko‘rsatdi. Buning oqibatida yevro va lira 0,19 va 0,55 foizga, so‘m va rubl 0,53 va 3,73 foizga mustahkamlandi. Faqatgina yuan 0,08 foizga o‘z qadrini yo‘qotdi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 60412 dollar (hafta boshidan -4,27 foiz, yil boshidan +42, 45 foiz);
  • Ethereum – 3376 dollar (hafta boshidan -1,30 foiz, yil boshidan +47,91 foiz). 

Bitcoin 5 kunlik savdolarda 4,27 foizga, Ethereum esa 1,30 foizga arzonlashdi. 

Bozorlar haqida qisqacha

AQSh fond bozoridagi sun’iy intellekt rallisining asosiy yulduzi Nvidia aksiyalari 13 foizga (400 milliard dollardan ortiq bozor kapitalizatsiyasini yo‘qotdi) arzonlashdi va rasman korreksiya sikliga kirib, bozorda xavotirni uyg‘otdi. Shuningdek, sun’iy intellekt sohasida ishlovchi boshqa bir kompaniya Micron Texnology ijobiy daromadlarga ega choraklik hisobot taqdim etishiga qaramay, hafta so‘ngiga borib uning ham aksiyalari 8 foizdan ko‘proqqa pasaydi. Bu hodisalar, sun’iy intellekt borasida o‘sish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, noaniq bo‘lgan turli siyosiy (monetar va prezidentlik saylovi) va iqtisodiy masalalar avj olishi oqibatida aksiyalarning tebranuvchanlik darajasini oshirib, tobora katta pasayishlarni keltirib chiqarmoqda.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 24 iyundan 28 iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

Ko‘proq yangiliklar: