«Rakitin» profili mavjud bo‘lib turgan bir yil davomida unga Kaluga professional adabiyotchilari tomonidan o‘tkazilgan Tvardovskiy nomidagi Butunrossiya vatanparvarlik she’riyati tanlovi faxriy yorlig‘i topshirilgan. Akkauntni esa ko‘plab taniqli insonlar, jumladan, Z-blogerlar hamda o‘nlab deputatlar va senatorlar do‘stlari safiga qo‘shishgan. «Shoir»ning do‘stlari orasida masalan Andrey Klishas va Dmitriy Rogozin bor. Rakitinning «ijodi» namunalarini Z-pabliklardan tashqari Nikita Mixalkov va «Moskva» jurnali ham e’lon qilgan.
Surishtiruvchi jurnalist Andrey Zaxarovning hikoya qilishicha, Gennadiy Rakitinning akkauntini uning urushga qarshi kayfiyatdagi tanishlari yaratishgan. Profil uchun fotosurat neyrotarmoq tomonidan yaratilgan. Buni bo‘yinga qo‘shilib ketgan soqoldan osongina farqlash mumkin. «Shoir»ning shaxsiy ma’lumotlari ham to‘liq o‘ylab topilgan.
Bir yil davomida Rakitinning sahifasida natsist mualliflarning rus tiliga tarjima qilingan 18 ta she’ri e’lon qilingan. Asarlarning mazmuni deyarli o‘zgarmagan, shunchaki, Germaniya Rossiyaga aylantirilgan «nomsiz shturmchi» «Vagner» XHKning nomsiz jangchisi deyilgan. Vladimir Putinga bag‘ishlangan «Lider» she’ri NSDAP a’zosi, natsist va antisemit Eberhard Mellerning «Fyurer» she’rining tarjimasi bo‘lib chiqdi. Rossiya prezidentiga bag‘ishlangan «Portret oldida» she’ri esa «Shturm otryadlari Homeri» asarining tarjimasi bo‘lgan. Uning muallifi — shturmchi va NSDAP a’zosi Herbert Menseldir. She’rning originali Adolf Hitlerga bag‘ishlangan.