BMT bosh kotibi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 08:26 / 29.06.2024 4513

29 iyun kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi. BMT axborot xizmati xabariga ko‘ra, u avval O‘zbekistonga, so‘ngra Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Guterrish mintaqaga 2017 yilda tashrif buyurgan edi. Joriy safar 7 iyulga qadar davom etadi.

BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik juma kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan brifingda Guterrish har bir mamlakatda davlat rahbari va yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashishini, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha loyihalar bilan tanishishini, shuningdek, mahalliy faollar bilan muloqot qilishini aytdi.

4 iyul kuni BMT bosh kotibi Shanhay hamkorlik tashkilotining Ostonadagi sammitida ishtirok etadi. Guterrish o‘z nutqida BMT Nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan ko‘p tomonlama tamoyillarga sodiqlikni yana bir bor tasdiqlash zarurligini ta’kidlaydi. U bu sa’y-harakatlarning markazida tinchlik bo‘lishi kerakligini aytadi.

BMT bosh kotibi, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni geosiyosiy ziddiyatlar umumiy tahdidlarni, jumladan, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni samarali bartaraf etishga imkon bermasligi haqida ogohlantirmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: