Surxondaryoda somon qoldiqlarini yoqib yuborgan shaxs 18,6 mln so‘m jarimaga tortildi

Jamiyat 19:09 / 28.06.2024 4989

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida somon qoldiqlarini yoqib yuborgan shaxs jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Jarqo‘rg‘on tumani Eskiqishloq mahallasida joylashgan «FAYZ-AB» fermer xo‘jaligi ishchisi xo‘jalikning g‘alla o‘rimidan bo‘shagan 10 gektar yerida somonpoya qoldiqlarini o‘zboshimchalik bilan yoqib yuborgan.

Aniqlangan holat bo‘yicha fuqaro M.N.ga nisbatan MJTKning 88-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga 18 mln 642 ming 234 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Ko‘proq yangiliklar: