Sevastopol plyajlari hujumdan keyin yopilmaydi

Jahon 10:02 / 28.06.2024 3841

Sevastopol shahrida plyajlarni yopish rejalashtirilmagan, ammo baribir ularning ayrimlariga borishdan voz kechish tavsiya etiladi. Bu haqda Rossiya tomonidan tayinlangan Sevastopol «gubernatori» Mixail Razvojayev 27 iyun, payshanba kuni Ukraina qurolli kuchlarining shaharga yaqinda uyushtirilgan raketa hujumi mavzusiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, plyajlarni yopish «amalga oshirish qiyin bo‘lgan chora». «Shimoliy tarafdagi plyajlar doimiy tuzilmalari bo‘lgan boshpana bilan ta’minlanmagan, shuning uchun u yerda o‘tkaziladigan vaqtni minimallashtirish kerak. U yerda himoya inshootlari o‘rnatilmagani uchun tashrif buyurishdan bosh tortgan ma’qul», — dedi Razvojayev.

Sevastopol «gubernatori» shaharga ballistik raketalar bilan hujum qilinayotganini hisobga olib, aholini ogohlantirish tizimini yaxshilashga va’da berdi. Agar ilgari uchirilgan raketalar «taxminan 20 daqiqa vaqt berib, odamlar boshpanalarga tushish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa», ballistik raketalarda esa «odamning zararni minimallashtirish uchun pozitsiyani egallashi uchun taxminan ikki daqiqa vaqt bor», deya qayd etdi u.

Sevastopolning o‘qqa tutilishi

Sevastopol 23 iyun kuni tushga yaqin Ukraina qurolli kuchlari tomonidan raketa hujumiga uchradi. Rossiya mudofaa vazirligi zarbani «AQSh tomonidan yetkazib berilgan, kassetali kallaklar bilan jihozlangan beshta ATACMS operativ-taktik raketalari» amalga oshirganini, ulardan to‘rttasi havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi. Raketa qoldiqlari shahar plyajlariga ham tushgan. Hujum natijasida, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan, 150 dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Sevastopolning o‘qqa tutilishini sharhlar ekan, Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak Qrimda «plyajlar, sayyohlik hududlari va tinch hayot boshqa xayoliy belgilari» bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi, chunki ushbu hududda yuzlab harbiy nishonlar bor. Uning fikricha, Rossiya rasmiylari bu maqsadlarni yashirishga harakat qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: