Prezident qaroriga asosan 2025 yil 1 yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida malaka oshirishning «Kasbiy rivojlanish soati», tayanch maktablarda esa, shuningdek, «Kasbiy rivojlanish kuni» kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bunda:
➖«Kasbiy rivojlanish soati» va «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali o‘qituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar tarkibi shakllantiriladi;
➖«Kasbiy rivojlanish soati» doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam ko‘rsatiladi, kasbiy rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
➖«Kasbiy rivojlanish kuni» doirasida har bitta fan bo‘yicha tayanch maktablar tanlanadi va ushbu muassasalarda o‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;
➖Mentor-o‘qituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi. Mentor-o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan maktab direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ikki oy muddatda «Kasbiy rivojlanish soati» va «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlarini o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi.