Geroindan dezomorfingacha – Toshkentda 2 tonnadan ortiq giyohvand modda yo‘q qilindi

O‘zbekiston 20:53 / 28.06.2024 3738

O‘tkazilgan tadbirda sud jarayonida ashyoviy dalillar sifatida o‘tgan qariyb 2 158,5 kg giyohvand modda maxsus pechlarda yoqib, kulga aylantirildi. Ular orasida eng kuchli giyohvand moddalardan tortib psixotrop tabletkalargacha bor.

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida maxsus tadbir o‘tkazildi. Unda noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvand moddalar yo‘q qilindi. 

Tadbirda sud jarayonida ashyoviy dalillar sifatida o‘tgan 2 158 kg 447,2 gr giyohvand modda maxsus pechlarda yoqib yuborildi. Yo‘q qilingan moddalar orasida geroin, opiy, gashish, ko‘knor boshog‘i, marixuana va kannabis o‘simligi, tetragidrokannabinol, kokain, kodein, tramadol, dezomorfin kabilar bor.

Shuningdek, maxsus pechlarga 30 kgga yaqin sintetik giyohvand vositalari, 28 990 tup ko‘knor va 13 388 tup kannabis o‘simligi, 36 640 dona tabletka, 318 dona kapsula, 39 dona ampula ko‘rinishidagi psixotrop moddalar tashlangan.  

Ko‘proq yangiliklar: