IIV elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilmoqda. Jarimalarni to‘lash imkoniyati cheklanayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston 23:36 / 27.06.2024 7530

Ichki ishlar vazirligining tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda vazirlikning telegram kanalida xabar berildi.

Oqibatda, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lash bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati cheklanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda va qisqa muddatlarda to‘lov tizimlari ishga tushiriladi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 26 iyun kunidan boshlab texnik muammo bartaraf etilguniga qadar bo‘lgan davr ichida jarima qarorlarining o‘tib ketgan imtiyozli davri avtomatik ravishda qayta tiklab beriladi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: