Endilikda Germaniyada vaqtincha yashash ruxsatnomasi bilan istiqomat qilayotgan xorijliklar ijtimoiy tarmoqda biror bir teraktni oqlasa, mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Germaniya hukumati bu borada maxsus hujjat qabul qildi.
Yangi hujjatga ko‘ra, Germaniyada yashayotgan xorijlik qaysidir teraktni oqlab post yozishi yoki izoh qoldirishi ham shart emas. Uni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun terakt oqlangan video yoki postga «Like» belgisini qo‘yishi kifoya bo‘ladi. Deportga tushish uchun bitta teraktni oqlash yetarli.
25 may kuni Germaniyaning Mangeym shahrida afg‘onistonlik muxojir nemis politsiyasi zobitini pichoqlab o‘ldirgandi. Tarmoqda ko‘plab Germaniyada yashayotgan muxojirlar bu harakat maqtalgan postlarni qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq 25 iyundan Germaniyada vaqtincha yashash ruxsatnomasi olmoqchi bo‘lganlar bu hujjatni olish uchun Isroilni davlat sifatida tan olishi kerak degan talab qo‘yilayotgani haqida ham xabarlar chiqqandi.