Asirlikdan qaytarilgan harbiylar va «dushmanni o‘radigan kombayn». Urush suratlari

Jahon 16:19 / 27.06.2024 17294

Ukrainada urushning 854-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • NATO elchilari Mark Ryutteni NATOning yangi bosh kotibi sifatida tasdiqlashdi.
  • Yevroittifoq Belarusga nisbatan yangi sanksiyalarni kelishib oldi. Bu cheklovlar Rossiyaga qarshi cheklovlardagi «eng katta lazeyka»ni yopishi ko‘zda tutilgan.
  • Zelenskiy ingliz tilining Ukrainadagi maqomi to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Endi bu tilni bog‘chadan boshlab o‘qitish majburiy bo‘ladi.
  • Yevroittifoq sudi milliarder Dmitriy Pumpyanskiyga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor ​qildi.
  • Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishi masalasida rasmiy muzokaralar boshlandi.
  • Rossiya TIV rus nashrlari Yevropada taqiqlanishiga javoban g‘arbning 81 ta nashriga cheklov o‘rnatdi.
  • Belgorod oblastida Ukraina qurolli kuchlari hujumi oqibatida tinch aholi vakili bo‘lgan ayol halok bo‘ldi. Yana bir necha kishi jarohatlangan.
  • Trampning maslahatchilari Ukrainada urushni to‘xtatish rejasini taqdim etishdi. Ular agar Moskva bilan muzokaralardan bosh tortgudek bo‘lsa, Kiyevni AQShning harbiy yordamidan mahrum etishni taklif qilishgan.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi

Rossiya va Ukraina 25 iyun kuni «90 ga 90» sxemasi bo‘yicha asirlar almashuvini amalga oshirdi. Ukraina Rossiya tomoniga qaytarganlar orasida Ukraina pravoslav cherkovi Tulchinskaya yeparxiyasi mitropoliti, Ukrainada Rossiya tajovuzini oqlagani uchun qamalgan Ionafan (Anatoliy Yeletskix) g‘am bor. Almashuv kuni cherkov Kirill Ionafanni Moskvada qabul qilgani va uni I darajali Sergiy Radonejskiy ordeni bilan taqdirlagani haqida xabar berdi. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z telegram-kanalida ma’lum qilishicha, uyga qaytganlar orasida Milliy gvardiya, harbiy-dengiz kuchlari, hududiy mudofaa kuchlari jangchilari, shuningdek chegarachilar bor
Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images
«Biz uchun muhimi — barcha odamlarimizni uyga qaytarish. Har bir harbiy yaqinlari bag‘rida bo‘lishi, ona zaminga oyoq qo‘yishi, erkin havodan nafas olishi», — deya yozgan almashuv yuzasidan munosabat bildirgan Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak
Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images
Zelenskiyning yozishicha, uyga Mariupol va Chernobil AESni himoya qilganlar, shuningdek Xerson, Donetsk, Xarkiv, Zaporijjya va Luhansk yo‘nalishlarida jang qilganlar qaytgan
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Yermakning aniqlik kiritishicha, qaytarilganlardan 53 nafari «Azovstal» himoyachilari bo‘lishgan
Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images
«Uy — bu shunchaki so‘z emas. Uy — bu Ukraina», — deya qayd etgan Zelenskiy
Liberov Kostiantyn / Libkos / Getty Images
«Ukraina barcha fuqarolarimiz o‘z ona yurtiga, oilasi bag‘riga, imkon qadar tez fursatlarda to‘laqonli hayotga qaytishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etmoqda. Ularni oldinda tiklanish va moslashish davri kutmoqda, ammo eng og‘iri ortda qoldi. Qaytarilgan har bir fuqaromiz — bu haqiqiy g‘alaba va biz so‘nggi ukrain Rossiya asirligini tark etmagunicha to‘xtamaymiz», — deya qayd etgan Ukraina obmudsmani Dmitro Lubinets
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Xarkiv atrofidagi «Xartiya» brigadasi

Rossiyaning Xarkiv oblastidagi yurish qilishga urinishlarini boshqalar qatori «Xartiya» operativ topshiriqlik 13-brigada ham qaytarmoqda. Quyidagi tasvirlar «Xartiya» jangchilari himoya qilayotgan Lipsi posyolkasi hududida olingan.

Avvaliga «Xartiya» Ukrainaning Forbes ro‘yxatidagi tadbirkori Vsevolod Kojyemyako tomonidan ko‘ngillilar otryadi sifatida tuzilgandi, Kojyemyakov —  urushga qadar eng yirik g‘alla eksportchisi bo‘lgan «Agrotreyd» kompaniyasi egasidir
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Bir necha yuz ko‘ngillidan iborat otryadning birinchi missiyasi Xarkiv rayonidagi Russkaya Lozovaya qishlog‘ini himoya qilish bo‘lgandi, deya hikoya qiladi «Xartiya» tarixini Ukrainaning Forbes jurnali. 2022 yil noyabrida otryad Svatove yo‘nalishidagi Stelmaxovka va Kolomiychixada jang qiladi, dekabrda esa Baxmut mudofaasiga qo‘shiladi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Forbes jurnali yozishicha, Baxmut uchun janglar ketayotganida Kojyemyako otryadni muntazam qismga aylantirish yo‘llarini axtargan. Xususan, u o‘sha vaqtda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan Valeriy Zalujniy bilan uchrashgan. 2023 yil martida «Xartiya» Milliy gvardiya tarkibidagi brigadaga aylanadi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
«Xartiya»ning o‘z madhiyasi bor, unda quyidagi so‘zlarni uchratish mumkin: «Gasnut іmperіyi, valyatsya troni / Vіysko vixodit na sxіdnі kordoni!» («Imperiyalar so‘nayapti, taxtlar qulamoqda / Qo‘shin sharqiy chegaraga chiqmoqda!») Bu satrlarni ukrain shoiri va yozuvchisi Sergey Jadan yozgan. U 2024 yil iyunidan «Xartiya» safida jang qilmoqda 
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi ta’mirlash brigadasi

Ukraina qurolli kuchlarining ta’mirlash brigadalari janglarda shikastlangan texnikalarni tiklashda yordam ko‘rsatadi. «Keng ko‘lamli bosqinning ilk kunidan buyon mobil ta’mirlash brigadalari ko‘rinmas front va Ukraina qurolli kuchlari texnikalari uchun tez yordamga aylandi. Ular o‘zini qahramonlar deb hisoblamaydi. Tutashuv chizig‘ida texnikalarni ta’mirlash — bu ular uchun harbiylar oldida ham, vatan oldida ham majburiyat hisoblanadi. Ammo ular  biz uchun — qahramonlar. Mudofaa qahramonlari», — deya xabar qiladi «Ukroboronprom».

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Harbiy mexaniklar nafaqat ukrainlarning yoki rossiyaliklardan o‘lja qilib olingan texnikalarni, balki g‘arb davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan va ittifoqchilar Ukraina qurolli kuchlariga yetkazib bergan texnikalarni, jumladan M113 rusumli zirhli transportyorni (BTR) ham ta’mirlaydi
Oleg Petrasiuk / Ukraina QK matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA
M113 ishlab chiqaruvchisi — Britaniyaning BAE Systems kompaniyasidir. M113 — dunyoda eng keng tarqalgan jangovar mashinalardan biri. BTR 1960 yildan buyon ishlab chiqariladi, hozirda u 44 mamlakat armiyasida bor
Oleg Petrasiuk / Ukraina QK matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA
Ittifoqchilar Ukrainaga o‘nlab M113 rusumli zirhli transportyorlar yetib kelgan. Ularni Ukraina qurolli kuchlariga AQSh ham, Yevropa davlatlari ham yetkazib beradi
Oleg Petrasiuk / Ukraina QK matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainaning zirhli texnikalarni ta’mirlash vzvodlaridan biri komandiri Mixaylo urushdan oldin agrokorxonada mexanizator bo‘lib ishlagan, u «ArmіyaInform» syujyetida M113 ni «bug‘doyni emas, dushmanlarni o‘radigan kombayn» deb atagan
Oleg Petrasiuk / Ukraina QK matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainaning «Fokus» nashrida matnlashtirilgan reportajda Mixaylo M113 yuqori sifati va ishonchliligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zirhli transportyorda barchasi mustahkam «joylashtirilgan» va yaxshi ishlaydi
Oleg Petrasiuk / Ukraina QK matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasiuk / Ukraina QK matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv yaqinidagi ukrain razvedka droni

Rossiya qo‘shini oldinga yurishga intilayotgan Xarkiv yo‘nalishida 92-alohida shturm brigadasining «Axilles» nomli zarbdor pilotsiz aviatsiya batalyoni ham jang qilmoqda.

«Bo‘linma kuniga kamida 20 dron ishlatadi. Bu miqdordagi vositalar qo‘llanishi evaziga raqibning million dollarlik texnikalari yo‘q qilinmoqda yoki zarar yetkazilmoqda», — deydi «Axilles» komandiri Yuriy Fedorenko Ukrainaning «24 telekanal»iga bergan intervyusida
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Pilotsiz uchish qurilmalari ikki turdagi vazifani bajaradi — razvedka va raqibga zarba berish, deya izohlaydi Fedorenko New Voice uchun intervyuda. «Ko‘rish uchun ikki turdagi razvedka vositalariga ega bo‘lish kerak. Dushmanning operativ maydoniga, vaqtincha okkupatsiya qilingan hududga ancha chuqur kirish va uning joylashuvini, jamlangan kuchlarini aniqlash uchun «qanot» turi. Shuningdek, kopter turi bor», degan u.
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Kunduzgi vaqtda dushman pozitsiyalari bo‘ylab zarbalar FPV-dronlar va «qanot» tipidagi zarbdor dronlar bilan beriladi. Ularning ikkinchisi FPV-dronlarga qaraganda uzoqroq masofaga ucha oladi va raqibning front ortidagi logistikasini izdan chiqarishi mumkin
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

RF qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi artilleriyasi

Xerson oblastining bir qismini egallab turgan Rossiya qo‘shini muntazam ravishda Dnipro daryosining o‘ng sohilidagi ukrain qo‘shinlari pozitsiyalarini artilleriyadan o‘qqa tutib, dronlar bilan hujum qilmoqda. Buning uchun «Giatsint-B» rusumli yirik kalibrli zambaraklardan ham foydalanmoqda.

2A36 «Giatsint-B» sovet armiyasi ixtiyoriga 1975 yilda berilgan va 1990 yilga qadar ishlab chiqarilgan
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Bunday qurollar Afg‘onistondagi urush davrida sovet qo‘shinlari tomonidan, shuningdek chechen urushida Rossiya qo‘shini tomonidan ishlatilgan
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Oryx OSINT-proyekti ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon RF qo‘shini «Giatsint-B» rusumli 46 ta zambarakdan ayrilgan. Jumladan, Ukraina qurolli kuchlarining 2022 yil kuzida Xerson oblastidagi yurishida bu boradagi yo‘qotishlar katta bo‘lgan
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia

Milliy jamoaning Yevrodagi o‘yinini ko‘rayotgan ukrain harbiylari

Ukraina milliy jamoasi 26 iyun kuni Belgiya jamoasiga qarshi o‘yinda durang qayd etdi va Yevro-2024 turniri 1/8 final bosqichiga chiqa olmadi. Ukrainaning guruhdagi barcha jamoalar to‘rttadan ochko jamg‘argandi. Lekin ukrainlar to‘plar nisbati yomonroqligi tufayli eng oxirgi o‘ringa joylashdi, birinchi turda Ruminiyadan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyat (0:3) pand berdi.

Luhanskdagi «Pomsta» brigadasi chegarachilar otryadi jangchilari Ukraina milliy jamoasining futbol bo‘yicha Yevropa chempionatidagi so‘nggi o‘yinini kuzatmoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: