Bunga Qizil dengizda yamanlik husiychilar tomonidan kemalarning o‘qqa tutilishi va tovarlarni yetkazib berish zanjirini ishdan chiqargani sabab bo‘lmoqda.
Qizil dengizdagi muntazam hujumlardan so‘ng kema tashuv xizmati operatorlari Afrika qit’asini aylanib uzoqroq yo‘nalishni tanlashga majbur bo‘lishmoqda. O‘z o‘zidan, bu qatnovlar sonining kamayishiga olib kelgan, kemalar esa shundoq ham uzaygan reyslarni yanada uzaytirmaslik uchun portlarga kamroq kiradigan bo‘lishgan.
Singapur esa yuklarni tashish yo‘nalishidagi asosiy oraliq portga aylanib qolgan: bu yerga yuklar va konteynerlar bir kemalarda keltiriladi va yakuniy manzilga jo‘natish uchun boshqa kemalarga ortioladi.
Linerlytica tahlil kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon portlarining yuklamasi 18 oylik maksimumga yetgan, bu holatda langar tashlab turgan kemalarning 60 foizi Osiyo qit’asida joylashgan. Iyun oyining o‘rtalariga kelib, portlarda yuk tushirilishi ortishini kutayotgan kemalarning umumiy sig‘imi 2,4 mln 20 futli konteyner birligiga tenglashgan. Bu holda, yanvar-may oylarida Singapurda yuklarni saralashning o‘rtacha hajmi 22 foizga o‘sgan.
May oyi so‘ngida Singapur dengiz va port boshqarmasi konteyner tashuvchi kemalarning o‘rtacha kutish vaqti ikki-uch kunni tashkil etayotganini xabar bergan edi. Biroq Linerlytica va PortCast ushlanish bir haftagacha davom etayotganini ta’kidlamoqda. Oddiy sharoitlarda to‘xtalish bir sutkadan oshmagan.