Husiychilar Qizil va Arab dengizlarida uchta kema nishonga olingani haqida xabar berdi
Isyonchilar harbiy vakiliga ko‘ra, «kemalar bosib olingan Falastin yerlariga kirish uchun qo‘yilgan blokadani buzgan».

Foto: Anadolu Agency
Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan «Ansorulloh» harakati (husiychilar) isyonchilari Qizil va Arab dengizlarida uchta kema nishonga olingani haqida xabar berishdi.
Husiychilar harbiy vakili Yahyo Sariya «Al-Masirah» telekanalida aytganidek, bu «kemalar bosib olingan Falastin yerlariga kirish uchun qo‘yilgan blokadani buzgan».
Sariya ma’lumotlariga ko‘ra, SC MONTREAL va MAERSK KOWLOON kemalari Arab dengizida uchuvchisiz uchoqlar va qanotli raketalar hujumiga uchragan, MOTARO kemasi esa Qizil dengizda ko‘p sonli ballistik raketalar bilan nishonga olingan. U operatsiyalar muvaffaqiyatli yakunlanganini ta’kidladi.
Sariya hujumga uchragan kemalarga egalik qiluvchi kompaniyalar haqida ma’lumot bermadi.
Mavzuga oid

19:32 / 23.01.2025
Tramp husiychilarni «terrorchi tashkilotlar» ro‘yxatiga qaytardi

15:32 / 23.01.2025
Husiychilar 2023 yilda qo‘lga olingan kema ekipajini ozod qildi

10:51 / 20.01.2025
Yamandagi husiychilar 200 mlrd dollarlik iqtisodiy zarar keltirdi

21:40 / 08.01.2025