Bu yilgi qabul yakunlandi: 894 mingdan ortiq abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi

O‘zbekiston 12:54 / 26.06.2024 25917

26 iyun kuni oliy va professional ta’lim muassalariga hujjat topshirishning oxirgi kuni edi. Bilim va malakalarni baholash agnentligi yangi o‘quv yili uchun qancha talabgor hujjat topshirganini ma’lum qildi. Bu yil oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘xtatdan o‘tgan.

Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 45 655 nafar;

– Andijon viloyati – 67 688 nafar;

– Buxoro viloyati – 45 583 nafar;

– Farg‘ona viloyati – 83 837 nafar;

– So‘x tumani – 1 962 nafar;

– Jizzax viloyati – 48 276 nafar;

– Namangan viloyati – 58 268 nafar;

– Navoiy viloyati – 48 437 nafar;

– Qashqadaryo viloyati –89 188 nafar;

– Samarqand viloyati – 93 092 nafar;

– Sirdaryo viloyati – 30 074 nafar;

– Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) –39 498 nafar;

– Surxondaryo viloyati(Denov tumani) – 22 756 nafar;

– Toshkent shahri –161 369 nafar;

– Xorazm viloyati –58 596 nafar.

Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:

  • joriy yil bitiruvchilari – 410 334 nafar;
  • avvalgi yillar bitiruvchilari – 483 945 nafar;

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

  • erkaklar – 431 806 nafar;
  • ayollar – 462 473 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili –784 458 nafar;
  • rus tili – 84 774 nafar;
  • qoraqalpoq tili – 22 534 nafar;
  • boshqa tillar – 2 513 nafar

Agentlik test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26 iyun soat 23:59gacha amalga oshirilishini eslatib, shu sababdan ham to‘lov muddati yakunlangandan so‘ng raqamlarda o‘zgarish bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, 2023/24 o‘quv yili uchun 1 mln 18 ming, 2022/23 o‘quv yili uchun 1 mln 214 ming talabgor o‘qishga hujjat topshirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: