11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 21:24 / 26.06.2024 55967

11 yoshli qizni zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olingan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda. Xabarda voqea qachon, qaysi hududda ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lum qilinishicha, 5 farzandning otasi bo‘lgan shaxs qonuniy xotini bo‘la turib, bloger niqobi ostida boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan, bolaning huquqlari poymol bo‘lishi oldi olingan. Hozirda agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yoshli A.K. rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat kodeksining mazkur moddasida 15 yildan 20 ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: