Tramp Kiyevni Moskva bilan muzokaralarga majburlash rejasiga ega - Reuters

Jahon 14:16 / 25.06.2024 6900

Donald Trampning ikki asosiy maslahatchisi agar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha rejani taqdim etishgan. Kit Kellogg va Fred Flyaytsning rejalariga ko‘ra, Ukraina tinchlik muzokaralariga kirishsa AQShdan yanada ko‘proq qurol-yarog‘ oladi, deb yozadi Reuters.

AQSh Moskvani ham muzokaralarga kirishdan bosh tortish Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishiga sabab bo‘lishidan ogohlantiradi, degan iste’fodagi general-leytenant va Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilaridan biri Kit Kellogg.

Rejaga ko‘ra, sulh muzokaralari chog‘ida to‘qnashuv chiziqlarida o‘t ochishni to‘xtatish joriy etiladi. Flyayts sobiq prezident bunday strategiyani ijobiy qabul qilganini ta’kidlagan.

«Men u rejani ma’qulladi, har bir so‘zini qo‘llab-quvvatladi, deb ta’kidlay olmayman. Lekin biz o‘zimizga berilgan javobdan mamnunmiz», — degan u.

Biroq, Trampning matbuot kotibi Stiven Chung faqat sobiq prezidentning o‘z og‘zidan yangragan yoki uning saylovoldi kampaniyasidagi vakolatli insonlar tomonidan bildirilgan bayonotlar rasmiy hisoblanishini qayd etib o‘tdi.

Jurnalistlarga ko‘ra, Kellogg va Flyaytsning strategiyasi saylovda g‘olib chiqsa Ukrainadagi urushni tezda tartibga sola olishini ta’kidlagan Tramning hammaslakalari tomonidan ishlab chiqilgan eng batafsil reja hisoblanadi.

Reuters maqolasida yozilishicha, rejaning asosiy elementlari «Amerika barchasidan ustun» siyosiy instituti tomonidan e’lon qilingan ochiq tadqiqot ishida bayon etilgan. Kellogning qayd etishicha, agar saylovda Tramp g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Rossiya va Ukrainani muzokara stoliga tezroq o‘tqazish muhim ahamiyat kasb etadi.

«Biz ukrainaliklarga sizlar muzokara stoliga o‘tirishlaringiz kerak, aks holda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlash yakunlanadi, deymiz. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga esa muzokaraga kirishish lozimligi aks holda, Ukrainaga jang maydonida g‘alaba qozonish uchun barcha zarur qurol-yarog‘lar berilishini aytamiz», — degan Kellog.

Tadqiqot ishida yozilishicha, Ukrainaning NATOga a’zo qilish va’dasini uzoqroq vaqtga qoldirib Moskvani muzokaralarga majburlash mumkin.

Flyaytsning qayd etishicha, ularning rejasiga ko‘ra Ukraina formal jihatda Rossiya foydasiga o‘z hududlaridan voz kechishi kerak emas. Biroq, unga ko‘ra, yaqin istiqbolda Kiyev barcha hududlari ustidan samarali nazorat o‘rtana olishi amri mahol: «Bizni ushbu urush yosh yigitlarning butun bir avlodini qirib yuborayotgan holdan toydiruvchi urushga aylanib ketayotgani tashvishlantirmoqda», – degan u.

Kellog va Flyaytsning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun Ukraina uchun qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlari kerak. Flyaytsga ko‘ra, «tish-tirnog‘igacha qurollangan Ukraina» buning asosiy elementiga aylanishi ehtimoli bor.

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp bir necha bor Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini 24 soat ichida tuga olishini aytgan. Shuningdek, Tramp Bayden hech qachon Ukrainaga NATO a’zoligini va’da qilmasligi kerakligi ta’kidlagan. Trampning fikricha, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqiniga aynan Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish niyati sabab bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: