Uchrashuvda madaniyat, ta’lim, turizm sohalarida faol almashinuvlarning yo‘lga qo‘yilishi, hamda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga masalalari muhokama qilingan.
Xususan, O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston parlamentlari do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Mo‘g‘uliston Buyuk Davlat Xurali o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni ishlab chiqish va imzolash masalasi taklif qilingan.
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Oliy Majlis Senatining Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirgan.