O‘zbekistonda seshanbadan boshlab havo harorati yanada ko‘tariladi

O‘zbekiston 12:30 / 24.06.2024 6647

Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘rtacha issiq ob-havo kuzatiladi, havo harorati +32...+37 darajagacha, janubda +40 darajagacha bo‘ladi, deb xabar berdi «O‘zgidromet». 

Respublika aksariyat qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim hududlari va Farg‘ona vodiysi tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Seshanba kunidan havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi va ish haftasi oxirigacha kechalari +20...+25 daraja, ba’zi joylarda +27 darajagacha ko‘tariladi, kunduzi +35...+40 daraja, janub va cho‘l hududlarda +42...+43 daraja bo‘ladi. Shu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Sharqdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol 24 va 27-28 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. 

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 24 iyun kuni joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. 

Poytaxtda dushanba kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +34…+36 daraja atrofida kutilyapti. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. 

25−28 iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari +20...+25 daraja, kunduzi 25 iyunda +35...+37 daraja, 26-28 iyunda +37...+40 daraja bo‘ladi. 

28 iyun kuni sharqdan 3−8 m/s tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 12−15 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: