24 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya va dalda so‘zlarini aytdi.
Mirziyoyev bu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikni qat’iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o‘rtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, 26-28 may kunlari Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Kelgusidagi, shu jumladan ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.