O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, "O‘zaviatsiya" agentligi direktori Tohir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 2024 yil 18 iyun kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024-2026 yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar rejasining amalga oshirilishi bo‘yicha kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024–2026 yillar uchun mo‘ljallangan Davlat strategik harakatlar rejasi (COSPA) imzolandi.
Rejaning amalga oshirilishi Fransiya aviatsiya ma’muriyati (DGCA), Fransiyaning aviatsiya hodisalarini tekshirish va parvozlar xavfsizligini tahlil qilish Byurosi (BEA), AQSh aviatsiya ma’muriyati (FAA), AQShning transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha milliy kengashi (NsB) hamda ACI/ACI-Europe, AIRBUS va Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.
O‘zbekiston ICAO’ga a’zo davlatlar ichida COSPA dasturidan foydalanayotgan birinchi davlat hisoblanadi.