Buyuk Britaniyaning ikki yetakchi universitetlari, Sanderland universiteti va De Montfort universiteti bilan hamkorlikda yangi xalqaro universitet – Farmatsevtika Texnik Universiteti tashkil etildi.
«Toshkent FarmaPark» innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri markazida qad rostlagan ushbu universitetning bosh maqsadi –tez o‘sib borayotgan va dolzarbligi tobora oshib borayotgan sohalar: farmatsevtika, kimyo va biotibbiyot yo‘nalishlarida xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.
2024-2025 o‘quv yiliga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:
• Biokimyo – o‘qish davomiyligi 4 yil;
• Biotibbiyot – o‘qish davomiyligi 4 yil;
• Farmatsiya magistri – o‘qish davomiyligi 5 yil;
Farmatsevtika texnik universiteti – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4574-sonli qarori bilan ta’sis etilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Darslar to‘liq ingliz tilida xalqaro mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Bitiruvchilar yuqoridagi Britaniya universitetlarini diplomini qo‘lga kiritadilar.
Talablar:
• IELTS sertifikati: eng kamida 5.5;
• Maktab attestati yoki kollej/akademik litsey diplomi.
Hujjatlar quyidagi havola orqali onlayn qabul qilinmoqda: Pharmaceutical Technical University (pharmatechuni.uz)
Aloqa uchun:
Telegram: t.me/ptuuz
Veb-sayt: pharmatechuni.uz
Reklama