O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida kelgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,8 ming nafarga yoki 43,2 foizga oshgan.
O‘zbekistonga 3 oyda davolanish maqsadida kelgan xorijliklar soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:
- Tojikiston — 24 018 nafar;
- Qozog‘iston — 4 001 nafar;
- Qirg‘iziston — 3 546 nafar;
- Rossiya — 532 nafar;
- Turkmaniston — 300 nafar;
- Turkiya — 17 nafar;
- Afg‘oniston — 15 nafar;
- Moldova — 5 nafar;
- Ukraina — 5 nafar;
- Belarus — 3 nafar;
- Boshqa davlatlar — 19 nafar.