O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar va O‘zbekiston prezidentining joriy yil 5-6 iyun kunlari Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.
Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, xususan, Turkiyaga eksport qilinadigan O‘zbekiston mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish, shuningdek, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.