Betob qizni davolatish uchun yordam so‘rab, o‘zgalarning pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 07:21 / 22.06.2024 3895

Qashqadaryo viloyatida yashovchi U.U. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan qizining fotosurati ijtimoiy tarmoqlarga joylangani va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan

Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi M.Sh. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.Sh. jabrlanuvchi U.U.ning (qiz) jiyani nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan.

M.Sh. jiyanini go‘yoki Hindistonga olib borish uchun puli yetmaganligi sababli xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: