Uzbekistan Airways logotipini yangiladi, biroq an’anaviy livreyani saqlab qoldi

O‘zbekiston 21:58 / 21.06.2024 4832

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi «innovatsiyalar va mukammallik sari yanada ko‘proq harakat» ramzi bo‘lgan yangilangan logotipni taqdim etdi. 

«Dizayn yanada minimalistik, yengilroq bo‘ldi, ammo tanish chizgilarni saqlab qoldi, bu Markaziy Osiyodagi havo transporti yetakchilaridan birining shakllanish tarixiga ishora», deyiladi kompaniya xabarida. 

Logotip tubdan o‘zgartirilmadi. U ichida qush tasvirlangan aylana shaklida qoldi, ammo ranglari o‘zgartirildi. Shuningdek, kompaniya nomi endi faqat bosh harflar bilan yoziladigan bo‘ldi. 

Shu bilan birga, samolyotlar hoshiyasi – livreya o‘zgarishsiz, O‘zbekiston bayrog‘i ranglarini saqlab qoldi. 

Qayd qilinishicha, logotipni «salfetkalar, dastgohlar va hujjatlardan tortib samolyotlargacha» yangilash jarayoni bir yarim-ikki yil vaqt oladi. O‘zgartirish evolyutsion tarzda amalga oshiriladi - eskisi bilan bir qatorda yangi logotip ham qo‘llanadi. 

Bundan tashqari, kompaniyaning yangi shiori - «Markaziy Osiyo qanotlari» bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: