QAYeRDA? Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun sevimli maskan - «Tashkent City»dagi eng yirik savdo markazining ikkinchi qavatida. Jahon brendining yangi moda makoni aynan mana shu yerda joylashgan bo‘lib, rasmiy kiyimlardan kundalik liboslargacha - ideal zamonaviy uslubni namoyon etadi.
NIMA? Kiyim, poyabzal va aksessuarlarga 50% gacha chegirmalar taqdim etuvchi mavsumiy sotuvlar. Garderobni zig‘ir tolasidan ishlangan zamonaviy liboslar, «Mango»ning jinsidan maxsus mahsulotlar liniyasi, oqshom yoki kundalik kiyimlar, shuningdek, ko‘ylaklar, futbolkalar, poshnali va poshnasiz zamonaviy poyabzallar bilan to‘ldirish uchun eng qulay vaqt keldi.
QAChON? Mavsumiy chegirmalar iyun oyi oxirigacha davom etadi. Lekin yangi to‘plamlarni siz har doim bu yerda topishingiz mumkin. To‘g‘rirog‘i, yangi mahsulotlar oyiga kamida bir marta keltiriladi. Bu «Antria fashion»dan yangi Mango franshizasining asosiy tamoyillaridan biridir. Shuningdek riteyler jahon moda sanoatida katta tajribaga ega kuchli xaridorlarga tayanadi.
Katerina Yan, CEO Antria fashion: