Yevroittifoq Ukrainadan ayrim mahsulotlar importiga boj joriy qilyapti

Jahon 13:38 / 20.06.2024 3036

Yevropa komissiyasi (YeK) Ukrainadan tuxumga import bojlari joriy etilishini e’lon qildi. Yangi tariflar yaqin ikki hafta ichida kuchga kiradi, deb xabar qildi Reuters 19 iyun, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi vakiliga tayangan holda. Unga ko‘ra, avvalroq yillik import kvotasi kelishilgan.

Bir kun oldin Ukraina jo‘xori importi uchun ham xuddi shunday qaror qabul qilindi. Yevropa komissiyasining xabarida aytilishicha, 2025 yilning 19 iyunidan 5 iyuniga qadar Ukraina jo‘xori importi Yevropa Ittifoqi chuqur va keng qamrovli erkin savdo hududi (DCFTA) tarif kvotasi doirasida amalga oshiriladi. 

Yevropa Ittifoqi turli Yevropa mamlakatlaridagi fermerlarning Rossiya keng ko‘lamli hujumidan so‘ng Ukraina tovarlariga savdo imtiyozlaridan noroziligi sabab bo‘lgani ortidan Ukrainadan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga cheklovlar kiritdi. 

May oyi o‘rtalarida Yevropa Ittifoqi kengashi Ukraina bilan bojsiz savdo rejimini yana bir yilga uzaytirdi, biroq ba’zi shartlar joriy etildi. Ulardan biri Bryusselda parranda go‘shti, tuxum, shakar, jo‘xori, don, makkajo‘xori va asalni o‘z ichiga olgan Ukrainaning «muhim» qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan Yevropa Ittifoqi bozorini raqobatdan himoya qilish bilan bog‘liq. Agar ushbu tovarlar importi hajmi 2021 yilning ikkinchi yarmi, shuningdek, 2022 va 2023 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan oshsa, ular bo‘yicha bojlar qayta joriy etilishi mumkin. Ushbu «avtomatik tormoz» ilgari Yevropa komissiyasi tomonidan taklif qilingan va Yevropa parlamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: