Estoniya Fransiyadan 12 dona Caesar o‘ziyurar uskunasini sotib oladi

Jahon 13:48 / 20.06.2024 1421

Estoniya Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida qurollanishda davom etmoqda: Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakati Fransiyadan o‘n ikkita Caesar o‘ziyurar artilleriya qurilmalari (O‘AQ)ni sotib olishga qaror qildi. Bu haqda 19 iyun, chorshanba kuni kechqurun Tallindagi Estoniya mudofaa investitsiya markazi ma’lum qildi. 155 mm kalibrli oltita o‘ziyurar qurol 2024 yil oxirigacha, qolganlari esa 2025 yilning o‘rtalariga qadar yetkazib berilishi kerak, deyiladi idora bayonotida.

Xabarga ko‘ra, yaqinda Parij yaqinida bo‘lib o‘tgan Eurosatory-2024 qurol-yarog‘ ko‘rgazmasida o‘ziyurar qurollarni sotib olish imkoniyati bilan ta’minlash shartnomasi imzolangan. Sotib olish narxi oshkor etilmagan. Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur o‘z bayonotida Caesar’ni «Ukrainani Rossiyadan himoya qilishda o‘zini muvaffaqiyatli isbotlagan qurol tizimi» deb ta’rifladi. Tallin sotib olingan o‘ziyurar qurollar yordamida «mobil, moslashuvchan va uzoq masofali o‘t ochish yordamini» olishni kutmoqda. 

Caesar O‘AQning asosiy xususiyatlari 

Caesar O‘AQni ishlab chiqaruvchi - KNDS qurol kompaniyalari guruhi bo‘lib, unga Germaniyaning Krauss-Maffei-Wegmann kompaniyasi va Fransiyaning Nexter shirkati kiradi. Estoniya ommaviy axborot vositalari mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan sotib olingan qurilmalarning asosiy xususiyatlarini taqdim etdi: og‘irligi - 17,7 tonna, o‘lchamlari 9,86 m x 2,55 m x 2,70 m, o‘q otish tezligi - daqiqada 4-6 ta, maksimal otish masofasi - 42 km, radius - 600 km, ekipaj - 6 kishi. 

Caesar O‘AQ Estoniya mudofaa kuchlarining quruqlikdagi bo‘linmasida yaratilayotgan o‘ziyurar artilleriya bataloni bir qismi bo‘ladi, deyiladi materialda mudofaa loyihasi rahbari podpolkovnik Rauno Viytmanga tayanib.

Ko‘proq yangiliklar: