Bundan tashqari, Rossiyaga nisbatan geliy eksportiga cheklovlar kiritiladi, ikkilamchi maqsadlardagi texnologiyalar, Ukraina san’at asarlari bilan savdo-sotiq qilishga nisbatan taqiqlar, shuningdek, 20 nafar jismoniy hamda 20 ta yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi.
Euobserver o‘z manbasiga tayanib yozishicha, 14 iyun kuni Vengriya Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etilishini “tortinmasdan” ma’qullagan. Yevropa kompaniyalarining Rossiyadagi shu’ba korxonalariga nisbatan cheklovlarning qat’iylashtirilishiga nisbatan ikkilanishlar hozircha Germaniyada saqlanib turibdi, deb yozadi nashr.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlarining 24 iyun kungi uchrashuvida qabul qilinishi kutilmoqda.
Euobserver ma’lumotlariga ko‘ra, personal sanksiyalar qo‘shiqchi Polina Gagarina, jurnalist Aleksey Gorslavskiy, tadbirkorlar Igor Altushkin, Roman Trotsenko va Taymuraz Bolloyevlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning Yevropa Ittifoqi hududidagi aktivlari muzlatiladi, ularga ortiq vizalar berilmaydi.