Vovchansk shturmi davom etmoqda, Moskvada harbiy ko‘rgazma. Urush suratlari

Jahon 17:16 / 19.06.2024 10909

Ukrainada urushning 846-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Putin KXDRga tashrif buyurdi.
  • Armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatgani uchun qamalgan siyosatchi Ilya Yashin kamer tipidagi xonaga o‘tkazilgan.
  • «Mediazona»: Ukrainada urush boshlanganidan buyon 10 mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashda ayblangan.
  • Tartusk universiteti sobiq professori Vyacheslav Morozov Estoniyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda aybdor deb topilib, olti yil muddatga qamaldi.
  • Moskvada sud Oliy rada deputati Oleksiy Goncharenkoni sirtdan o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
  • NATO bosh kotibi Xitoyni urushda Rossiyaga texnologiyalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish oqibatlaridan ogohlantirdi.
  • Putin Shimoliy Koreya gazetasi uchun yozgan maqolasida KXDRga Rossiyaning Ukrainadagi bosqinida «ko‘rsatilgan yordam uchun» minnatdorchilik bildirdi.
  • Rostov oblasti Azov shahrida dron neft mahsulotlari saqlanuvchi rezervuarga hujum uyushtirdi.

Moskvada «Barchasi g‘alaba uchun!» fondi ko‘rgazmasi

Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX)da 18 iyun kuni Ukrainaga bosqin ishtirokchilariga yordam ko‘rsatuvchi «Barchasi g‘alaba uchun!» fondining ikki yillik faoliyati sharafiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

«Barchasi g‘alaba uchun!» — Rossiya hukumatiga aloqador bo‘lgan Birlashgan xalq fronti (ONF)ning proyektlaridan biridir. ONF vakillari tasdiqlashicha, «Barchasi g‘alaba uchun!» fondi uchun «mamlakat aholisi ikki yilda roppa-rosa 14 milliard rubl» o‘tkazib bergan. Bu mablag‘lar dronlar, mo‘ljal olgich, generatorlar hamda Ukrainaga bosqinda ishtirok etayotgan rossiyalik harbiylar uchun boshqa texnikalar va jihozlar xaridiga yo‘naltirilgan
Gleb Shchelkunov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
VDNXda fond mablag‘lari hisobiga sotib olingan texnika va jihozlar namunalari namoyish etildi
Gleb Shchelkunov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
TASS tomonidan tarqatilgan ONF press-reliziga ko‘ra, ikki yillik yubileyni nishonlash vaqtida harbiy ehtiyojlar uchun eng yaxshi innovatsion ishlanmalarni tanlab, sinovdan o‘tkazuvchi va ommaviy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlovchi «Kulibin klubi» olib borgan ish natijalari namoyish etilgan. Shuningdek «Xalq fronti kiberdrujinalari»ning internetda axboriy xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasi haqida ham so‘z yuritilgan
Gleb SHCHelkunov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Vladimir Putin Shimoliy Koreyada

RF prezidenti Vladimir Putin 18-19 iyun kunlari KXDRga tashrifini amalga oshirmoqda. Safar oldidan u mahalliy «Nodon sinmun» gazetasi uchun maqola yozgan, unda boshqa gaplar qatorida Shimoliy Koreyaga Ukrainadagi urushda ko‘rsatilgan «kuchli qo‘llov» uchun minnatdorchilik bildirgan. Putinning tashrifi munosabati bilan Pxenyan ko‘chalarida uning portretlari va Rossiya bayroqlari ilingan. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In RF prezidentini kutib olish uchun shaxsan aeroportga tashrif buyurdi. Oldinroq G‘arb nashrlari yozganidek, KXDR Rossiyaga Ukrainaga bosqin uchun qurol va o‘q-dorilar yetkazib bergan.

Vladimir Putin va Kim Chen In Pxenyan aeroportida. Shu yerda RF va KXDR rahbarlari Putin o‘zi bilan olib kelgan «Aurus» limuziniga kim birinchi bo‘lib chiqishi borasida mulozamat ko‘rsatishdi
Gavriil Grigorov / Sputnik / EPA / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlari jangchisi Donetsk oblastida o‘q otish mashqlarida

2024 yil 18 iyun
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Vovchansk atrofidagi ukrain artilleriyachilari

Xarkiv oblastida Rossiya qo‘shini bir necha haftadan buyon egallashga harakat qilayotgan Vovchansk shahri atrofida boshqa bo‘linmalar qatorida 57-alohida motopiyodalar brigadasi ham mudofaalanmoqda.

57-alohida motopiyodalar brigadasi Vovchansk atrofiga may oyi boshida — Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining chegaradosh rayonlariga yurish boshlashidan oldin tashlangandi
Nikoletta Stoyanova / Getty Images
Vovchansk — Xarkiv oblastida may oyida Rossiya qo‘shini yaqinlashib kelgan ilk aholi yashash manzillaridan biri bo‘lgandi. «Avvaliga dushman shunday katta kuch bilan bosim qildiki, bu hatto hayratga solardi. 30, 40, 60 kishilik kolonnalarda bostirib kelishdi. Bizda bu rossiyaliklarga teng snaryad yo‘q edi», — deya hikoya qiladi «Gromadske» bilan suhbatda 57-brigada batalyonining «Marsin» laqabli komandiri
Nikoletta Stoyanova / Getty Images
Rossiya qo‘shini muntazam zarbalar bilan besh kun ichida Vovchanskni vayron qilib, «ikkinchi Baxmut»ga aylantirdi, degan «Marsin». Ammo, jonli kuch va o‘q-dorilar borasidagi ustunlikka qaramay, ular baribir shaharni egallay olishmadi. «Rossiya armiyasi Vovchanskda o‘ralashib qolishi ko‘zda tutilmagandi. Va shahar markazidagi tor daryoni kechib o‘tishga urinish uchun platsdarmni egallab olishga muvaffaqiyatsiz urinishida o‘nlab askarlarini yo‘qotishini kutishmagani aniq», — deya qayd etadi Forbes jurnalisti Devid Aks
Nikoletta Stoyanova / Getty Images
Ko‘proq yangiliklar: