Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar: IHeS qonunbuzarliklarni tan oldi

Jahon 14:03 / 19.06.2024 2083

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHeS) Rossiya rasmiylari tomonidan Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi «nomaqbul» deb atalmish tashkilotlarga oid ishlar bo‘yicha buzilganligini aniqladi. IHeS qarori 18 iyun, seshanba kuni sud saytida e’lon qilindi. Bu qaror nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning Rossiya Federatsiyasi hududida «nomaqbul» deb tan olinishi va «nomaqbul» tashkilotlar bilan aloqasi uchun javobgarlikka tortilishi bo‘yicha kelib tushgan 85 ta shikoyatni ko‘rib chiqqandan keyin chiqarildi, deydi advokat Aleksey Pryanishnikov.

Ariza beruvchilar avvalroq Rossiyada «nomaqbul» deb tan olingan to‘rtta NNT: Free Russia Foundation (AQSh), Ukrainlar butunjahon kongressi (Kanada), Siyosiy tadqiqotlar maktablari uyushmasi (Fransiya) va Axborot erkinligi jamiyati (Chexiya) bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasida joylashgan yana uchta tashkilot - Andrey Rilkov jamg‘armasi, «Shimoliy Kavkazda ekologik kuzatuv» va «Oltoyning yosh jurnalistlari» «nomaqbul» tashkilot faoliyatida ishtirok etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Xuddi shu modda bir guruh Rossiya fuqarolari, jumladan, «Ochiq Rossiya» harakatining sobiq faollari va 2021 yil mart oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan munitsipal deputatlar forumi ishtirokchilariga nisbatan ham qo‘llangan.

IHeS Rossiya rasmiylari ularning so‘z va birlashish erkinligi huquqlarini buzgan deb topdi (Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasining 10- va 11-moddalari). Rossiya hukumati, sud qaroriga ko‘ra, arizachilarga moddiy zararni qoplashi kerak (bu har bir arizachi uchun har xil), 7500 yevro ma’naviy zarar uchun va sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar uchun 850 yevro berilishi lozim.

Rossiyada «nomaqbul tashkilotlar» ro‘yxati 

«Nomaqbul tashkilotlar» maqomi Rossiya qonunchiligida 2015 yildan beri qonuniy ravishda mavjud. Ularga Rossiya Federatsiyasi hududida ma’muriy va jinoiy javobgarlik tahdidi ostida faoliyat yuritish taqiqlanadi. Ushbu tashkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan.

Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, «nomaqbullar» ro‘yxatda 160 dan ortiq tuzilmalar mavjud bo‘lib, ular «konstitutsiyaviy tuzum asoslariga, xavfsizlikka yoki mudofaa qobiliyatiga tahdid soladi». Mustaqil ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, inson huquqlarini himoya qilish guruhlari, ekologik va tadqiqot tashkilotlari shular jumlasidandir. 

Ko‘proq yangiliklar: