Qozog‘iston va YeI viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar boshladi

Jahon 11:47 / 19.06.2024 3512

Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi viza tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining xalqaro sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O'Sallivan Qozog‘istonga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi Kazinform. 

O'Sallivan, birinchi navbatda, Yevropa Ittifoqi va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar faol rivojlanayotganini qayd etdi. 

«Biz muhim hamkormiz. Yevropa Ittifoqi Qozog‘istonning eng yirik savdo sherigi va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun eng yirik manba hisoblanadi. Shuningdek, biz juda muhim strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatdik. Ushbu sheriklik doirasida Yevropa Ittifoqi va Qozog‘iston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hozirda majburiyatlarni ishlab chiqmoqdamiz va ularni o‘z zimmamizga olamiz», — dedi Yevropa Ittifoqining maxsus vakili. 

Shuningdek, u viza tartibini liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. 

«Shuningdek, biz viza tartib-qoidalarini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga muvaffaq bo‘lganimiz ham quvonarli hol, bu, o‘z navbatida, hamkorligimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», — deya qo‘shimcha qildi O'Sallivan. 

Ko‘proq yangiliklar: