Yevroittifoq uyushmaning yangi rahbariyati bo‘yicha kelisha olmayapti

Jahon 08:37 / 18.06.2024 4965

YeIning Bryusseldagi sammiti ishtirokchilari Yevropa Ittifoqi yangi rahbariyatini tayinlash bo‘yicha yakuniy kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda 18 iyun, seshanbaga o‘tar kechasi Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ma’lum qildi.

Dpa agentligining diplomatlar o‘rtasidagi manbalariga ko‘ra, kelishmovchilik sabablaridan biri Germaniya Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) va Xristian-sotsial ittifoqi (XSI)ni o‘z ichiga olgan o‘ng markazchi Yevropa xalq partiyasi (YeXP) vakillari Yevropa kengashi raisi lavozimiga tayinlash bevosita besh yil muddatga belgilanmasligini talab qilishi bilan bog‘liq. Bu, nazariy jihatdan, YeXP ikki yarim yil ichida ushbu lavozimga da’vo qilishi mumkinligini anglatadi. Biroq sotsial-demokratlar bu taklifga qo‘shilmadi.

YeXP iyun oyi boshida bo‘lib o‘tgan Yevropa parlamenti saylovlarida eng kuchli siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi. Shuning uchun uning yetakchi nomzodi Ursula fon der Lyayyen yana besh yil davomida YeI komissiyasi raisi lavozimida qolishi mumkin deb hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili lavozimiga Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas, Yevropa kengashi raisi lavozimiga YePdagi ikkinchi yirik fraksiya, ya’ni sotsial-demokratlar vakili, Portugaliya sobiq bosh vaziri Antonio Koshta nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. 

Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi kelasi hafta oxirida bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ittifoqining eng yuqori lavozimlariga nomzodlar yana muhokama qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: