Fransiya poytaxti Parijda Eurosatory Paris 2024 xalqaro mudofaa va xavfsizlik ko‘rgazmasi boshlandi.
Eurosatory - harbiy texnika va mudofaa sanoatining dunyodagi eng yirik ko‘rgazmalaridan biri.
Tadbirda butun dunyodan ishlab chiqaruvchilar va startaplar, shuningdek, soha mutaxassislari, mudofaa va xavfsizlik bozoridagi hukumat vakillari va xususiy ishtirokchilar ishtirok etadi.
Forumda 400 dan ortiq ma’ruzachilar so‘zga chiqadi.
Ko‘rgazmada Fransiyaning 678 kompaniyasi (jumladan, Thales va Airbus) hamda Amerikaning 168 kompaniyasi, jumladan Intelsat va GM Defense o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.
Turkiyadan ASELSAN, Otokar, CANiK, Samsun va Yurt Savunma (SYS) kabi 51 mudofaa shirkati vakillik qiladi.
Eurosatory’da o‘nlab mamlakatlardan 2 mingga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ko‘rgazma 21 iyunga qadar davom etadi.
Rossiya va Isroil kompaniyalariga Eurosatory qurol ko‘rgazmasida ishtirok etish taqiqlandi. Fransiya hukumati bunday qarorga Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harakatlari va Isroil armiyasining G‘azo sektoriga bergan zarbalari munosabati bilan keldi.