O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etdi 

O‘zbekiston 21:38 / 18.06.2024 26679

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Vasilevich Fen 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Vitaliy Fen sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan. 

Vitaliy Fen «Fidokorona xizmatlari uchun» va «Mehnat shuhrati», shuningdek, Janubiy Koreyaning «Gvanxva» ordeni bilan taqdirlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: