Eronda yangi shakldagi pul muomalaga kiritiladi 

Jahon 22:27 / 18.06.2024 8791

Eronda 21 iyundan mahalliy valutaning yangi shakli – raqamli riyol muomalaga kiritiladi, deb xabar berdi «Vedomosti» mamlakat Markaziy bankiga tayanib. 

Raqamli riyol - Eronning rasmiy pul birligi riyolning elektron versiyasidir. Raqamli riyol blokcheyn texnologiyalari yordamida ishlab chiqilgan. Raqamli riyol Eron Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi va qo‘llab-quvvatlanadi. 

Qayd etilishicha, mijozlar qog‘oz pul yoki bank kartalaridan foydalanmasdan, balki shtrix-kodni skanerlash orqali xarid qilish va pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Raqamli riyol loyihasi ustidagi ishlar uch yil avval boshlangan edi. Hozir mamlakatda mahalliy Mellat va Tejarat banklari ishtirokida uni sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi. 

Loyiha faqat Fors ko‘rfazidagi erkin iqtisodiy hudud – Kish orolida ishga tushiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: