AQSh, Kanada, Yaponiya va Filippin Manilaning maxsus iqtisodiy zonasida ikki kunlik qo‘shma dengiz mashqlari o‘tkazdi.
AQSh Tinch okean floti bayonotida ta’kidlanishicha, 16-17 iyun kunlari AQSh harbiy-dengiz kuchlari, Kanada Qirollik floti, Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari va Filippin Qurolli kuchlari «Filippinning maxsus iqtisodiy zonasi»da qo‘shma dengiz mashqlari o‘tkazgan.
«To‘rtta davlatning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi qat’iyati yana bir tasdig‘i» sifatida tavsiflangan mashg‘ulot xalqaro huquq va dengiz xavfsizligi doirasida o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilari bilan muntazam tadbirlar o‘tkazib turadi.