"Dunyo" xabariga ko‘ra, safar davomida Stokholm shahri deputatlar kengashi rahbari Olle Burell, Mahalliy demokratiya bo‘yicha Xalqaro shved markazi bosh kotibi Yoxan Lili, Shvetsiya parlamenti a’zolari Martin Brozek va Edvin Xillesoy, Mahalliy hokimiyat va mintaqalar assotsiatsiyasi (SALAR) katta maslahatchisi Magnus Lilestrem, Xalqaro aloqalar instituti va Mudofaa instituti ekspertlari Yoxan Engvall va Mikael Vaysmann bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mamlakat vakillari Shvetsiyaning mahalliy deputatlar kengashi va hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha tajribasi bilan tanishdi. Tomonlar O‘zbekiston sharoitida Shvetsiyaning ushbu jabhadagi tajribasini tatbiq qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tashrif yakunida shved tomoni bilan ushbu sohada hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.