«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li xaritasi tuzildi

O‘zbekiston 18:42 / 15.06.2024 14305

6 iyun kuni Xitoy poytaxti Pekinda Xitoy hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li loyihasi imzolangan edi.

Bitim matniga ko‘ra, Qirg‘iziston hududida temiryo‘l qurilishi qo‘shma yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: Qashg‘ar (Xitoy) – Torugart (Qirg‘iziston) – Makmal (Qirg‘iziston) – Jalolobod (Qirg‘iziston) – Andijon (O‘zbekiston).

Qirg‘izistonning Kaktus.media nashri «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li yo‘nalishi xaritasini keltirdi. Qayd qilinishicha, ko‘rsatilgan marshrut faqat taxminiydir. Temir yo‘lning aniq yo‘nalishi landshaft va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.

«Tomonlar loyihani qurish tannarxini pasaytirish, investitsiya va ekspluatatsiya samaradorligini oshirish maqsadida chuqur o‘rganish va asoslashdan so‘ng qo‘shma marshrut variantini optimallashtirish va loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga tayyor», deyiladi shartnomada.

Ko‘proq yangiliklar: