Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi.
Ular Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi hamda yaqinda koreyalik mutaxassislar ishtirokida restavratsiya qilingan “Afrosiyob” muzeyida bo‘ldi.
Ekskursiyaning oxirgi manzili “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi bo‘ldi.
Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng Samarqand xalqaro aeroportida Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.
Suratlar